14 avg 14:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Bekzod Isadullaev Abbosxon jangi haqida: "Bu - boks! Zo'rdan zo'r chiqadi"
Abbosxoning sobiq raqibi Bekzod Isadullaev kechagi jang haqida o'z fikrini bildirdi.
«Abbosxonning jangini ko'rgani kelgandim o'zi. Unga muxlislik qildim. Bu — boks! Zo'rdan zo'r chiqadi. U mag'lub bo'ldi. Unga bugun muxlislik qildim. CHunki, Abbosxon o'zining shoulari orqali, meni tanilishimga ham yordam berdi. Raqibi ham kuchli edi. U bilan hali jangdan so'ng ko'rishmadim»-dedi Isadullaev.
SHuningdek bokschimiz navbatdagi jangi haqda ham fikr bildirdi.
«Navbatdagi jangimni sentyabrda o'tkazaman. Bo'lajak jang uchun tayyorgarliklar boshlangan. AFP katta turnir tashkil etmoqchi va bu oqshomning markaziy jangida ringga ko'tarilaman»,-deb qo'shimcha qildi bokschimiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar