08 jan 15:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Belal Muhammad UFC chempioni bo'lgan taqdirda ilk himoya jangini kimga qarshi o'tkazishini aytdi
Asli falastinlik, hozirda AQSH nomidan jang qiluvchi UFC jangchisi Belal Muhammad (23-3-0) ehtimoliy chempionlikdan so'ng ilk himoya jangini kimga qarshi o'tkazishini aytdi.
U 14 aprel kuni UFC 300 turniri doirasida yarim o'rta vaznda UFC chempioni, britaniyalik Leon Edvards (22-3-0) bilan jang qiladi.
"Ilk davogar albatta SHavkat Rahmonov bo'ladi. Men bu sport turida o'zimdan meros qoldiraman va vaznimdagi eng zo'rlarini yo'q qilaman", - dedi Belal Muhammad.
Avvalroq, Belal Leon bilan jangi uchun Dog'istonda yig'in o'tkazishini aytgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar