13 sen 14:26
Yangiliklar

Bellator 246 turnirining barcha natijalari. Archuleta yangi chempion!
Bellator 246 oqshomining markaziy jangi engil vazn toifasi chempionligi uchun Xuan Archuleta hamda Patrik Miks o'rtasida o'tkazildi. Besh raund to'liq davom etgan jang yakunida Archuleta hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra – 49-46, 48-47, 48-47 hisoblarida g'alaba qozonib, Bellator chempioniga aylandi.
Qolgan natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, anderkard jangi ishtirokchisi Neyman Greysi ikkinchi raundda Jon Fitchni, Liz Karmush uchinchi raundda DeAnna Bennettni, Keoni Diggs uchinchi raundda Derek Kamposni, Pet Keysi ochkolar hisobiga ko'ra Daniel Madridni, Ti Gverder uchinchi raundda nokaut bilan Jorj Tokkosani, Deyvion Franklin esa hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra Ras Xiltonni mag'lubiyatga uchratdi.
Fikrlar