24 sen 06:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator 285. Co-main event jangda nokaut qayd etildi + FOTOGALEREYA
Irlandiya poytaxti Dublin shahrida Bellator 285 turniri bo'lib o'tdi.
3Arena saroyida o'tkazilgan oqshomning ko-meynivent jangi engil o'rta toifasida ikki faxriy aralash yakkakurash ustalari o'rtasida kechdi.
O'rta vaznda UFC chempionlik kamariga sobiq davogar Yoel Romero (15-6 MMA, 2-1 BMMA) niderlandiyalik Melvin Manxuf (32-16-1 MMA, 4-5 BMMA)ga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jangning uchinchi raundida tajriba va mashhurlik bobida raqibidan ustun bo'lgan Romero Melvinni nokautga uchratdi.
Havola :
Manba : mmajunkie
Fikrlar