23 sen 09:07
Yangiliklar

Bellator 285 turniri jangchilari taroziga chiqishdi + FOTOGALEREYA
Ananaga ko'ra, oqshom ishtirokchilari jangdan bir kun avval tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Kechaning markaziy jangi engil vazn toifasida Benson Xenderson va Piter Kuilli o'rtasida o'tkaziladi. Xenderson tarozida Kuillidan biroz og'irroq tosh bosdi.
Oqshomning ko-meynivent jangida o'rta vaznda UFC chempionlik kamariga sobiq davogar Yoel Romero niderlandiyalik faxriy sportchi Melvin Manxufga qarshi oktagonga ko'tariladi. Barcha jangchilar tarozi marosimida belgilangan vazn meyorini bajarishgan.
Tarozi natijalari. Asosiy kard
Benson Xenderson (155.4) — Piter Kuilli (154.2)
Melvin Manxuf (205.7) — Yoel Romero (205.9)
Lia MakKort (146) — Dayana Silva (146)
Mads Bernell (145.8) — Pedro Karvalyu (146)
Kiaran Klark (149.2) — Rafael Xadson (149.8)
Prelim kard
Brett Jons (135.7) — Jordan Vinski (135)
Arivaldo Lima da Silva (135.9) — Brayan Mur (135.7)
Karl Albrektsson (205.2) — Karl Mur (205.8)
Georgiy Karaxanyan (156) — Keyn Musa (155.7)
Derra Kelli (155.2) — Kay Stivens (155.2)
Aleks Bodnar (145.6) — Kenni Moxonoana (146)
Asael Adjudj (146) — Jordan Barton (146)
Luka Poklit (169.7) — Dante SHiro (169.9)
Fikrlar