18 sen 14:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Benavidesning jamoasi azosi Krouford bilan jang ehtimoli haqida gapirdi
Yarim og'ir vazn (79,4 kg gacha) toifasida WBC chempioni David Benavidesning otasi va murabbiyi Xose Benavides o'g'lining ikkinchi o'rta vaznda (76,2 kg gacha) mutlaq jahon chempioni Terens Kroufordga qarshi jang qilish ehtimoli haqida gapirdi.
"David Terens Krouford uchun juda ham yirik. Kroufordning yoshi 38 ga to'ladi shekilli. U avvalgidek bo'lmaydi, xuddi Kanelodek. David esa yosh, kuchli va Terens uchun juda katta. David bilan jang — bu boshqa tarix", — dedi Xose Benavides MillCity Boxing YouTube-kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : MillCity Boxing
Fikrlar