09 sen 09:16
Yangiliklar
Beterbiev - Daynes chempionlik jangi rasman tasdiqlandi
Rossiyalik jahon chempioni 23 oktyabr kuni Moskva shahrida germaniyalik Adam Daynes (19-1-1, 10 KO) bilan to'qnash keladi.
"Jangimning yangi sanasi — 23 oktyabr, raqibim esa Germaniya bokschisi Adam Daynes bo'ladi. Moskvada o'tadigan chempionlik himoya jangida sizlarni chiroyli g'alabam bilan xushnud etishga harakat qilaman. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat", — deya Instagram sahifasida xabar qoldirgan Beterbiev.
Aslida Artur Beterbiev o'zining IBF kamariga rasmiy davogar Men Fanlunga qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi. Lekin koronavirus pandemiyasi sabab jang qoldirildi. Keyin esa xitoylik bokschining AQSHga kela olmasligi malum bo'ldi. Arturning yangi raqibi Adam Daynes faoliyatidagi yagona mag'lubiyatini aynan Fanlundan qabul qilib olgan.
Fikrlar