16 iyu 16:55
Yangiliklar
"Billi Jin King kubogi". O'zbekiston bu safar Qirg'izistonni dog'da qoldirdi
Musobaqada S guruhidagi bahslarda ishtirok etayotgan O'zbekiston termasi o'zining ikkinchi o'yinini o'tkazdi.
Tennischilarimiz bu safar qo'shni mamlakat Qirg'izistonga qarshi kortga chiqdi.
Yakkalik bahslarida Sabrina Olimjonova Arina Solomatinani 2:1, Darya SHubina esa Vladislava Andreyevskayani 2:0 hisobida taslim etdi. Juftlik bahslarida SHahnoza Marimova hamda Darya SHubina tandemi Vladislava Andreyevskaya/Safina Xabibrahmanova juftligidan ustun keldi.
SHu tariqa, termamiz guruhidagi ikkinchi o'yinda ham 3:0 hisobida g'alaba qozonib, peshqadamlikni yanada mustahkamlab oldi. Oqgul Omonmurodova sardorligidagi jamoamiz ertaga guruh bosqichidagi so'nggi o'yin doirasida mezbon Malayziyaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar