03 fev 07:38
Yangiliklar

Billi Jo Sonders: Kanelo hech qachon lo'li bilan jang qilmagan
Bunday ishonchga sabab, nafaqat boksdagi iqtidor, balki Sondersning kelib chiqishi lo'li ekanlidadir.
"Kanelo hech qachon, ishoning hech qachon lo'li bilan jang qilmagan. Meni ichimda shunday olov borki, men g'alaba uchun o'lishga ham tayyorman.
Kanelo va Kallum Smitning jangini ko'rganim yo'q. Jangning ayrim joylarini tomosha qildim. Bu jangga Kallum Smit qisqa muddatda rozi bo'lib, faqatgina o'ziga kerakli pulni olishni maqsad qilgandek tuyuldi. SHu sababli, men bu jangni ko'rmadim. Men faqat g'alaba uchun ringga chiquvchi bokschilarning jangini tomosha qilaman.
Albatta, men besh yildan beri boks tushaman. Agar Kaneloni hozir mag'lub qilmasam, boshqa hech qachon buning iloji bo'lmaydi. Buning uchun mukammal jang o'tkazishim lozim. Men buni juda yaxshi tushunaman.
Engilmaslar yo'q. Har qanday raqibni mag'lub qilsa bo'ladi. Biz shunchaki insonlarmiz", - dedi Billi Jo Sonders.
Fikrlar