13 mar 19:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Bilol Muhammad navbatdagi jangiga Dog'istonda tayyorgarlik ko'radi
Xabib Nurmagomedov bilan oldingi o'quv-mashg'ulot yig'inida muvaffaqiyatli hamkorlik qilgan Bilol Muhammad navbatdagi jangiga yana Dog'istonda tayyorgarlik ko'rishini aytdi.
"Bu haqda Xabib bilan gaplashdim va fikrini so'radim. Bizda bir nechta raqiblar bor. Ular menga jang qilishim uchun raqib berishsa, men Dog'istonga boraman", - dedi Bilol.
SHunindek, Belal Muhammad divizionda ikkinchi o'rinni band qilib turgan Kolbi Kovington bilan jang qilish eng yaxshi variant deb hisoblaydi.
"Mendan ko'ra hech kim chempionlik jangiga loyiq emas, lekin men Kolbini o'z qoniga cho'miltirmoqchiman" - deya qo'shicha qildi Bilol.
O'tgan yilning oktyabr oyida bo'lib o'tgan UFC 280 turnirida Belal Muhammad SHon Bredini ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar