So’nggi yangiliklar

07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0

04 avg 13:41
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Taekvondo, Muaytay

Birinchi MDH o'yinlaridagi natijamiz qanday bo'lgandi?

Teglar :  MDH o'yinlari
Xabar berganimizdek, bugundan Belarus davlati Mustaqil Davlatlar Hamsdo'stligi o'yinlariga mezbonlik qilyapti.

Etiborga molik jihati shundaki, MDH o'yinlari bir vaqtning o'zida Belarusning 11 shahri - Minks, Brest, Vitebsk, Gomel, Grodno, Mogilev, Borisov, Soligorsk, Molodechno, Orsha va Jlobinda tashkil etilyapti. O'z tarixida ikkinchi bor o'tkazilayotgan musobaqada 22 davlatdan jami 2200 nafar sportchi medallar yo'lida bahslarga kirishgan. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasining 326 nafar sportchisi yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Qiziq holat, musobaqaning o'z sarhadlaridan chiqib, geografiyasi yaxshigina kengayganiga guvoh bo'lishimiz mumkin. MDHga azo mamlakatlardan tashqari Buyuk Britaniya, Venesuela, Vetnam, O'mon, Quvayt, Malayziya, Bahrayn, Mo'g'uliston, Pokiston, BAA, Livan, Kuba, Eron va Misr sport delegaciyalari Belarus mezbonlik qilayotgan O'yinlarda ishtirok etadi.     

Taqqoslaydigan bo'lsak, 2021 yilning 4-11 sentyabr kunlari Qozon shahrida bo'lib o'tgan MDH o'yinlarida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va O'zbekistondan 1000 nafardan ortiq sportchi ishtirok etgan edi. O'shanda ishtirokchilar sportning 16 turi bo'yicha 181 ta medallar jamlanmasi uchun o'zaro musobaqalashgandi. Sportchilarning yoshi 14dan 23gacha bo'lishi qatiy belgilab qo'yilgan edi.

Birinchi MDH o'yinlarida O'zbekiston delegaciyasi tarkibidagi sportchilar 168 nafarni tashkil qilib, vakillarimiz 18 ta sport turida bahslarda ishtirok etishgandi. Yakunda O'zbekiston terma jamoasi 91 ta (23 ta oltin, 32 ta kumush, 36 ta bronza) medal bilan umumjamoa hisobida Rossiyadan so'ng ikkinchi o'rinni band etgandi. 

Medallar jamlanmasi bo'yicha to'liq reyting esa quyidagicha ko'rinish olgandi:    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing