31 may 09:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Bisping: "Makgregor yana boks tushadi"
O'rta vaznda UFC sobiq chempioni Maykl Bisping Konor Makgregorning faoliyati to'g'risidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ishonchim komil, UFC'dagi faoliyatini yakunlagach, Makgregor yana boks tushadi. Lekin uning UFC'dagi faoliyati endi boshlanayotgani yo'q. Hurmatni saqlagan holda aytishim mumkinki, Konorning UFC'dagi faoliyati pastga qarab ketmoqda.
Ehtimol, men yanglishayotgandirman. Ehtimol u Kamaru Usmanni mag'lub etib, yarimo'rta vazn chempioniga aylanar. Biroq bunday bo'ladi, deb o'ylamayman. U oxirgi to'rtta jangining uchtasida mag'lub bo'ldi", - deya Bispingning so'zlarini keltiradi Sportskeeda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar