11 avg 08:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Bitta zarbasi nokaut qilishi mumkin! Xabibning murabbiyi UFC'dagi eng xavfli zarba egasi kimligini aytdi
Xabib Nurmagomedovning murabbiyi va AKA sport zali egasi Xaver Mendes og'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Frensis Ngannuni eng og'ir zarbaga ega jangchi deb hisoblaydi.
Mutaxassisning aytishicha, u «dahshat»dan ko'ra qattiqroq uradigan jangchini ko'rmagan.
«UFC'ning eng xavfli jangchisi - Frensis Ngannu. Ha, uning bitta zarbasi sizni nokautga qilishi mumkin. Biz eng xavfli zarba beruvchi haqida gapiramiz, texnikasi yaxshi jangchi to'g'risida emas. SHunday qilib, Ngannu eng xavfli hisoblanadi. U men ko'rganlar orasida eng og'ir zarbaga ega », - dedi Mendes o'z podkastida.
Havola :
Manba : FIGHTNEWS.INFO
Fikrlar