23 iyu 13:58
Yangiliklar
Bivol Beterbievga qarshi jang uchun WBO chempionlik kamarini bo'shatishi mumkin
SHuningdek, rossiyalik bokschi hozirda IBF va WBA chempionlik kamarlariga ham egalik qiladi.
The Ring Magazine nashri Eddi Xirnning quyidagi so'zlarini keltiradi:
«Dmitriy Bivolning menejeri Vadim Kornilov va Bivolning o'zi mendan IBA prezidenti Umar Kremlyov yoki RCC Boxing Promotions bilan muzokaralarni boshlashimni so'radi.
Biz Artur Beterbievga qarshi jangni tashkil etishga tayyormiz. Aynan shu jangni Dmitriy o'tkazishni istayapti. Rejaga ko'ra, u Kallum Smitga qarshi chempionlik kamarini himoya qilishi kerak edi.
Ammo bu jang o'tish ehtimoli juda past, deb o'ylayman. Katta ehtimol bilan Kallum Smit bo'shab qoladigan WBO chempionlik kamari uchun Joshua Buatsiga qarshi ringga ko'tariladi. Bivol esa Artur Beterbievga qarshi jang qilishga tayyor», deydi Xirn.
Fikrlar