24 dek 12:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Bivol: "Bu jangni butun dunyo ko'rishni istamoqda"
Endilikda WBA va IBO kamarlari sohibi Dmitriy Bivol Artur Beterbievga qarshi kutilayotgan jang haqida gapirdi.
“Men 11 marta kamarimni himoya qildim. Avvalgi raqiblarimdan hech nima olmagandim, bugun esa kamarlarim soni bittaga ko'paydi. Men Saudiyada jang qilishga rozi bo'lganimda, bu erdagilarning ko'pchiligi meni Beterbievga qarshi jangimni ko'rishni istayotganlarini tushundim. Bu jangni butun dunyo ko'rishni istamoqda. Bizning jangni tashkil etishni xohlashayotgani yoqimli”,-dedi Bivol.
Eslatib o'tamiz, Bivol Lindon Arturni mag'lub etib, britaniyalikka tegishli bo'lgan IBO kamariga ega chiqdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar