04 iyu 07:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivol halicha mashg'ulotlarni boshlamadi. Bunga sabab nima?
Boks bo'yicha yarimog'ir vaznda WBA kamari sohibi Dmitriy Bivol mashg'ulotlardan biroz tin olgan ko'rinadi.
"Mashg'ulotlarni hali boshlaganimcha yo'q, lekin erta tongda yugurib turibman. Jamoamni kutyapman — revansh haqida gapirishga hali vaqt bor. Bokschi sifatida doim olg'a borish haqida o'ylayman.
Artur Beterbiev, Jo Smit bilan jang meni qiziqtiradi, lekin ushbu juftlik g'olibi bilan jang qilamanmi-yo'qmi, buni bilmayman. Beterbievda imkon ko'proq degan bo'lardim: uning texnikasi, bokschilik mahorati yaxshiroq, kuch jihatidan esa har ikki jangchi bir xil darajada", - deya Bivolning so'zlarini keltiradi TASS internet nashri.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar