27 may 11:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Bivol keyingi jangiga tayyorgarlikni boshladi
Yarimog'ir vazn toifasida WBA kamari sohibi Dmitriy Bivolning promouteri Andrey Ryabinskiy bokschi haqida gapirdi.
"Dmitriy keyingi jangiga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Uning raqibi kim bo'lishini hozircha aytish qiyin. Biz endigina bu haqida o'ylashni boshladik.
Men Dmitriyga ishonaman - bugun u shubhasiz jahonning eng yaxshi bokschilaridan biri", - dedi Ryabinskiy.
Eslatib o'tamiz, Bivol 7 may kuni Saul Alvaresni mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar