08 noy 14:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivolning menejeri: "Kanelo bilan jang bo'yicha ilk kelishuv bor"
Yarimog'ir vaznda WBA chempioni Dmitriy Bivolning menejeri Vadim Kornilov mijozi supero'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvaresga qarshi jang qilishi mumkinligini aytdi.
"Biz Eddi Xirn bilan uchrashdik, Saul bilan ehtimoliy jang haqida gaplashdik. Bazi o'zgarishlar va dastlabki kelishuv bor. Ammo, aniq gap aytishga hali biroz erta. Endi Kaneloga vaqt kerak bo'ladi, keyin esa u telekanalni, keyin shunga mos ravishda ehtimoliy raqiblarni tanlaydi.
Biz u bilan avvalgi jangdan oldin ham muzokaralar olib bordik. Ertami-kechmi, Kanelo yarimog'ir vazn toifasida hamma kamaralarni birlashtirishga harakat qiladi. Va bu jang bo'lishi kerak. Biz ham kamarlarni birlashtirishga intilamiz va kelasi yil uni muhokama qilamiz", - dedi Kornilov.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar