08 iyu 15:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Bob Arum: "Lomachenkoning muammolari bor"
Top Rank bosh direktori Bob Arum engil vaznda IBF va IBO chempioni Vasiliy Lomachenkoning (18-3, 12 KO) faoliyatini yakunlash qarorini tushuntirdi.
"Lomachenko haqiqiy sportchi, jiddiy, murosasiz sportchi, uning belida muammolar bor edi, buni tuzatishga harakat qilishsa-da, eplasholmadi.
U nafaqaga chiqishga qaror qildi, chunki Vasiliy eng yaxshi formasida bo'lmasa, u hech kimga qiziq bo'lmay qoladi. Men bu qarorni hurmat qilaman, uni va otasini hurmat qilaman. Qaniydi, barcha jangchilar Vasiliyga o'xshasa", deydi Arum.
37 yoshli bokschi so'nggi bor 2024 yilning may oyida Jorj Kambososni mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : Fight Hub TV
Fikrlar