So’nggi yangiliklar

07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0

02 dek 12:46
Yangiliklar

Dzyudo

Bobonov, Yo'ldoshev, Matniyazova singari nomdor dzyudochilarimiz kurashgan Tokio "Katta Dubulg'a" turnirining ilk kunini medalsiz yakunladik

Xabar berganimizdek, Yaponiya poytaxti Tokio shahrida dzyudo bo'yicha yilning so'nggi "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Bugun musobaqaning ilk kuni terma jamoamizning 6 nafar vakili medallar hamda qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqdi. Ular orasida Olimpiya o'yinlari sovorindori, jahon chempioni Davlat Bobonov ham bor edi. To'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan kurashga kirishgan -90 kg vazn toifasidagi vakilimiz vengriyalik Roland Gozni mag'lub etdi. Uchinchi bosqichda bolgariyalik Ivaylo Ivanovdan ustun keldi. CHorak final bellashuvida esa italiyalik Kristian Parlatiga yutqazib qo'ydi. Bobonov Toshkentdagi jahon chempionatining finalida aynan Parlatini taslim etgan edi. Davlat bronza medali yo'lidagi o'tish bahsida rossiyalik Mixail Igolnikovga ham imkoniyatni boy berdi.  

-81 kg vazndagi yosh dzyudochimiz Nurbek Murtazoev birinchi bosqichda SHri-Lanka vakili Rajitha Nuvarapakshadan engildi. Ushbu vazndagi ikkinchi vakilimiz Muso Sobirov esa ilk davrada moldovalik Mixail Latishevga yutqazdi. 

Birinchi kungi bellashuvlarda dzyudochilarimiz orasida eng yaxshi natijani Murodjon Yo'ldoshev qayd etdi. Franciyalik Eliot Preve, filippinlik Gabriel Benediktni mag'lubiyatga uchratgan Yo'ldoshev chorak finalda gruziyalik Giorgi Terashviliga yutqazib qo'ydi. Murodjon o'tish bahsida rossiyalik Danil Lavrentevdan ustun keldi. Ammo bronza medali uchun kechgan bellashuvda italiyalik Manuel Lombardodan engildi va Tokio "Katta Dubulg'a" turnirini 5-o'rinda yakunladi.  

Yo'ldoshev tatamiga chiqqan -73 kg vazn toifasida yana bir dzyudochimiz Obidxon Nomonov ham o'z omadini sinab ko'rdi. Ikkinchi davradan bahslarga qo'shilgan hamyurtimiz ispaniyalik Xorxe Garsiya Kanoni engdi, ammo uchinchi bosqichda rossiyalik Danil Lavrentevga yutqazib qo'ydi.   

Ayollar o'rtasidagi musobaqada ishtirok etgan yagona vakilamiz Gulnoza Matniyazova uchun qura omadsiz kelgandi. -70 kg vazndagi tajribali dzyudochimiz ilk davrada yaponiyalik SHiho Tanakaga imkoniyatni boy berdi. 

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi Tokio "Katta Dubulg'a" turnirining ilk kunidagi ishtirokini medalsiz yakunladi. Ertaga qolgan dzyudochilarimiz bahslarga kirishishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing