23 iyu 12:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Bogdan Guskov Ankalaev bilan jang to'g'risida: "Bu men uchun navbatdagi imtihon"
Hamyurtimiz Bogdan Guskov UFC Fight Night 282 turniri oldidan matbuot anjumanida qatnashdi va bo'lajak raqibi Magomed Ankalaev haqida fikr bildirdi.
"Ankalaev xavfli raqib. Hozir u chempion emasdir, lekin birinchi raqamli davogar. Bu men uchun navbatdagi imtihon. Uning sobiq chempion ekani yoki chempionmasligi rejaga tasir o'tkazmaydi. U ham avvalgi raqibim singari xavfli va mashhur jangchi. Ankalaev bilan jangni nima uchun hamma rad etyapti? CHunki u birinchi raqamli davogar. Fakt sifatida aytish mumkinki, Magomed o'zidan quyidagi deyarli barchadan kuchli. U divizionimizdagi eng xavfli yigitlardan biri", deydi Guskov.
Ular o'rtasidagi bahs 25 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar