22 iyu 13:37
Yangiliklar
Bogdan Guskov: Ankalaev yarim og'ir vazn toifasidagi eng kuchli jangchi
«Ankalaev — divizionimizdagi eng kuchli jangchi. Uning Pereyraga qarshi jangdagi mag'lubiyatiga kelsak, bu shunchaki omadsiz kun edi. Magomed hali ham xavfli va juda kuchli jangchi bo'lib qolmoqda. SHuning uchun ham bir raqibi vazn tashlashi kerakligini aytadi, boshqasi esa parvoz juda uzoqligini bahona qiladi. Yana biri kino ko'rish va sohilga borishni istaydi. Menga esa raqibning nomi va jang o'tkaziladigan joyning o'zi kifoya. Men hayotimni o'zgartirishga harakat qilaman», — dedi Guskov MMA Junkie YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Magomed Ankalaev hamda Bogdan Guskov o'rtasidagi jang 25 iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 282 turniri doirasida tashkil etiladi.
Fikrlar