21 iyu 15:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Bogdan Guskov va Ramazon Temirov UFC Abu Dhabi turniri oldidan media tadbirlardagi ishtirokini boshlashdi
25 iyul kuni BAAning Abu-Dabi shahridagi Etihad Arena majmuasida navbatdagi UFC Fight Night turniri o'tkaziladi.
Tarixda ilk bor musobaqaning markaziy jangida o'zbekistonlik sportchi ishtirok etadi. Yarim og'ir vazn toifasi reytingida o'ninchi o'rinni egallab turgan hamyurtimiz Bogdan Guskov o'sha kuni rossiyalik sobiq chempion, reytingning birinchi raqamli jangchisi Magomed Ankalaevga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Ikkinchi asosiy bahsda esa yana bir yurtdoshimiz Ramazon Temirov avstraliyalik titul uchun sobiq davogar sportchi Stiv Erceg bilan bahs olib boradi.
Hamyurtlarimiz bugun janglar oldidan media tadbirlardagi ishtirokini boshlashdi.



Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar