So’nggi yangiliklar

20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0

09 avg 11:55
Yangiliklar

Boks/MMA

Bogdan "SHahzoda" Guskov Magomed Ankalaevga qarshi jang taktikasini oshkor qildi

Teglar :  Bogdan Guskov
Rossiyaning "GOR MMA" klubi vakili, yarimog'ir vazn toifasi UFC reytingida 10- o'rinda borayotgan Bogdan Guskov amaldagi divizion chempioni Magomed Ankalaevga qarshi ehtimoliy jangda qanday taktika qo'llashi haqidagi savolga javob berdi.

"Menimcha, o'yin jangi bo'lsa kerak. CHunki bunday jiddiy "kontrpancher", yani qarshi hujumchiga qarshi kuch ko'rsatishga urinish juda ahmoqona bo'lardi. Men butun tayyorgarligimni shunga qurgan bo'lardim. Bu chinakamiga "o'yin" bo'lardi. Ehtimol, jang to'liq davom etgan va uning g'olibi hakamlar qaroriga ko'ra aniqlangan bo'lardi. Har holda men o'z rejamni shunday tuzgan bo'lardim. 

U bilan olishish yoki biror joyda shapaloq bilan qo'lga tushirishni mo'ljallab, jang rejasini tuzish ahmoqlik bo'lardi - u hamma narsani ko'rib turibdi. Qanchalik g'alati tuyulmasin, Ankalaev bilan hammadan ko'ra Krilov yaxshi mushtlashdi. Raqobatli jangning plyus-minuslari bor edi. Ammo biz o'z tayyorgarligimizni o'yinga qurgan bo'lardik, uni cho'zish va ishlashga majbur qilish uchun. Ammo tepaga chiqish uchun yana kamida ikki qadam tashlashim kerak," - dedi aralash yakkakurash ustamiz HUSTLE SHOW podkastining navbatdagi sonida.

Avvalroq, Bogdan "SHahzoda" (Carevich) Guskov navbatdagi raqibi sifatida divizionning sobiq chempioni, reytingning oltinchi pog'onasida borayotgan amerikalik Jamal Xillni ko'rishni istashini malum qilgandi. O'tgan oyda Bogdan birinchi raunddayoq rossiyalik Nikita Krilovni texnik nokautga uchratib, UFC’da ketma-ket to'rtinchi muddatidan oldingi g'alabasini qo'lga kiritgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing