29 sen 22:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Andijonda xalqaro turnir start olmoqda
Ertaga, 30 sentyabr kuni Andijon shahrida V.A.Zolotaryov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir start oladi.
Turnirda O'zbekistonning etakchi bokschilaridan tashqari Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Erondan bokschilar ishtirok etishadi. SHuningdek jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham alohida jamoa sifatida ishtirok etmoqda.
Qayd etish lozimki, musobaqada Hasanboy Do'smatov, Nodirjon Mirzahmedov, Abdumalik Xalakov, Iqboljon Xoldorov, Odiljon Aslonov, Mujibillo Tursunov, Lazizbek Mullojonov va boshqa taniqli bokschilarimiz medallar uchun kurash olib borishadi.
Bugun musobaqa uchun qura tashlandi. Qura natijalari bilan tanishing.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar