03 okt 10:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni "Rokki" avtohalokat sabab vafot etdi
Afsonaviy bokschi, sobiq jahon chempioni Graciano Rokkijani avtohalokat sababli 54 yoshida bu yorug' olamni tark etdi.
Rokkijani boks muxlislari orasida Rokki nomi bilan tanilgan edi. Asli kelib chiqishi germaniyalik bo'lgan Graciano Italiya bayrog'i ostida ringga ko'tarilgan. Kecha u Italiyada avtohalokatga uchradi.
Rokkijani 1988-1989 yillarda ikkinchi o'rta vazn toifasida IBF yo'nalishi chempioni bo'lgan. 1991 yilda yarim og'ir vaznda Evropa (EBU) chempioni, 1998 yili esa WBC chempionlik kamarlariga egalik qilgan.
Graciano Rokkijani professional boksdagi faoliyatini 2003 yilda yakunlagan edi. U prof ringda jami 48ta jang o'tkazib, ularning 41tasida g'alaba qozongan. Bitta jangda durang qayd etilgan, olti bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Havola :
Fikrlar