10 noy 11:38
Yangiliklar

Boks. Qozog'istondagi turnirda 6 ta medal, shularning 4 tasi oltin
Musobaqada 240 nafardan ortiq 2008-2009 yillarda tug'ilgan bokschilar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi. Ular qatorida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham bahslarda qatnashishdi.
Bellashuvlarda ishtirok etgan bokschilarimizning 6 nafari sovrindor sifatida yurtimizga qaytdi. Etiborlisi, ularning 4 nafari oltin medalga ega chiqdi.
Terma jamoamiz tarkibida quyidagi bokschilar sovrindor bo'lishdi:
Oltin:
*-36 kg: Behruz Qurbonov
*-36 kg: Muhammadqodir Ahmedov
-38 kg: Jonibek Salimov
-63 kg: Jahongir Ergashev
Kumush:
-40 kg: Iskandar Saidov
Bronza:
-44 kg: Afruz Tolipov
*-Musobaqa ishtirokchilari ko'pligi sababli bahslar ikki guruhga bo'lib o'tkazildi va har ikki bokschimiz o'z guruhlarida oltin medalni qo'lga kiritishdi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar