16 iyu 08:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Boks: U23 yosh toifasidagi qizlarimiz ham Osiyoda tengsiz!
Jakarta shahrida boks bo'yicha Osiyo chempionatining qizlar o'rtasida U23 yosh toifasidagi bellashuvlari ham yakunlandi.
Qiziqarli bahslar yakunida qizlarimiz 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. SHubhasiz, ushbu natija bilan yurtdoshlarimiz mazkur yosh toifasida ham umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi.
Oltin medal:
-51 kg: Gulsevar G'anieva
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova
-60 kg: Mushtariybonu Ibrohimjonova
-65 kg: Sevinch Xurramova
-80 kg: Ruxshona Parpieva
+80 kg: Sobiraxon SHaxobiddinova.
Kumush medal:
-70 kg: Rayxona Qurbonboeva.
Bronza medal:
-54 kg: Uzukjamol Yunusova
-75 kg: Oysha Toirova.
Bugun har ikki yosh toifasidagi yigitlar o'rtasida final janglari tashkil etiladi.
Havola :
Manba : МОҚ матбуот хизмати
Fikrlar