27 apr 20:09
Yangiliklar

Boks. Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida medallar shodasi
Avvalroq, bugun besh nafar bokschimiz final jangini o'tkazishi haqida xabar bergandik.
Bugun finaldagi barcha janglar yakuniga etdi va unda -56 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Abdumalik Xalakov filippinlik bokschini mag'lub etib, Osiyo chempioniga aylandi.
Samandar Xolmurodov (-52kg), Timur Merjanov (-81kg), Javohir Tog'aymurodov (-91kg) va Jamshidbek Mahmadaliev (+91kg)lar esa finalda imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo'lga kiritdilar. Jahongir Rahmonov (-69kg) va Navo Tamazov (-75kg) lar musobaqaning bronza medali bilan yurtimizga qaytadigan bo'lishdi.
Qizlar o'rtasidagi janglarda Mahliyo Rahimova (-60kg) bronza medali sohibiga aylandi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 1ta oltin, 4ta kumush va 3ta bronza medallarini qo'lga kiritdi.
Fikrlar