06 noy 14:25
Yangiliklar
“Boks zo'r, lekin u “korrupciyalashgan” – Adesanya. Ngannu va Tayson jangi g'olibi oldindan malum edimi?
Xabaringiz bor, 28 oktyabr kuni Ar-Riyodda fantastik boks oqshomi bo'lib o'tdi. Ringda Tayson Fyuri hamda Frensis Ngannu to'qnash keldi. Qarama-qarshilik qizg'in davom etdi va unda “Lo'lilar qiroli” g'olib bo'ldi. Hakamlar qarori biroz munozarali bo'ldi, deganlar yo'q emas. Ko'plab muxlislar Taysonga g'alaba berilganidan norozi. Ngannu burchagida bo'lgan sobiq UFC chempioni Israel Adesanya ham o'z noroziligini bildirib o'tdi.
“Boks sport turi sifatida yaxshi, lekin biznes o'laroq “korrupciyalashgan”. Men dastlab boks bilan shug'ullanganman va bu oson edi. Keyin MMA bilan shug'ullanishga qaror qildim, chunki kikbokschi sifatida pijama kiygan bir “ahmoq” bitta mushti bilan meni qulatishini bilardim. Noldan boshlab butunlay yangi ko'nikmalarni o'rganimshim kerak edi va yakunda barchasi o'z samarasini berdi. Boks qiziq, biroq endi hech qachon ringga qaytmayman. Barcha qurollarimni haqiqiy jangda qo'llashni afzal ko'raman”, - deydi Adesanya.
So'nggi paytlarda haqiqatan ham professional boksda bahsli qarorlar ko'payib bormoqda. Vasiliy Lomachenko va Devin Xeyni jangi xotiralari haligacha muxlislar yodidan ko'tarilgani yo'q. Keyin boks olami yosh va debyutant sportchiga g'alabani berishdan g'azablanadi. Fyurining Ngannu ustidan qozongan g'alabasi haqidagi hukm ham “talonchilik”dan boshqa narsa emas. Frensis har qaysi jabhada ham Taysondan kamdek ko'rinmadi. Biroq yakunda hakamlardan biri britaniyaliking umumiy ustunligini qayd etdi – 96:93.
Bu kabi qarorlarga katta pul aybdor ekanligiga ko'p bora jahon chempioni, hozirda sharhlovchi bo'lib ishlayotgan britaniyalik Karl Froch ishora qildi: “Fyuri kaltaklanganga o'xshardi, u yakdil bo'lmagan qaror bilan zafar quchdi. Men buni qabul qilaman, nima bo'layotganini hisobga olsak, Saudiya Arabistoni sarmoyasi juda katta va ular Tayson-Usik o'rtasidagi bo'lajak jangdan umid qilmoqda. Afsuski, Ngannu o'zining debyut professional jangida zamonaviy davrning eng kuchli “charm qo'lqop ustasi” bilan to'qnash kelib, kichik farq bilan mag'lub bo'ldi. Bu biroz kulgili tuyuldi”.
Takidlash joizki, tashkilotchilar qo'llaridan kelgan har bir narsani amalga oshirdi. Ular ajoyib shou yarata olishdi. Birgina salbiy tomoni - janglar orasidagi uzoq to'xtalishlar bo'ldi. Boshqa hamma holatlar alo darajada o'tkazildi. Mabodo, Tayson Frensisga taslim bo'lganida edi, Usik bilan ehtimoliy jangining qiymati tushib ketardi. Jang paytida Adesanya shama qilgan yana bir munozarali holat bor edi. Britaniyalik bokschi vaziyat ustidan nazoratini yo'qotgan paytda nigeriyalikning boshiga tirsagi bilan zarba berib yuborgan. Lekin hakamlar bu holatni payqashmadi, bu esa Fyurini ochko olib tashlanishidan asrab qoldi.
Ngannuning Tayson bilan boksga foyda keltirishi kerak bo'lgan jangi unga zarar keltirdi. Birinchidan, “Lo'lilar qiroli” jang sanatining boshqa turi vakili sifatida jahon chempioni bilan munosib jang o'tkazdi. Ikkinchidan, natija, ehtimol, boshidan belgilab qo'yilgan. SHu bois, Frensisning g'alaba qozonishi uchun yagona yo'l, bu nokaut edi, ammo ushbu holat sodir bo'lmadi.
Xorijiy sayt asosida Habib Jo'raboev tayyorladi
Fikrlar