22 apr 09:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschi qizlarimiz Serbiyadagi xalqaro turnirga jo'nab ketishdi
24-27 aprel kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo'yicha "58th Belgrade Winner" xalqaro turniri o'tkaziladi.
Ushbu xalqaro musobaqada O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham ishtirok etadi. Terma jamoamiz vakillari musobaqada qatnashish uchun Serbiyaga yo'l olishdi. O'zbekiston terma jamoasi musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi:
-48 kg: Gulasal Sultonalieva
-51 kg: Aziza Yakubova
-54 kg: Sitora SHagdarova
-57 kg: Mahliyo Xabibullaeva
-60 kg: Rayhona Qodirova
-64 kg: Ziyoda Yarasheva
-69 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Mavluda Mavlonova
+81 kg: Mohira Abdullaeva
Murabbiylar: Elshod Rasulov, Islom Tojiboev, Ziyatdinbek Toygonboev, Zokirjon SHarofov.
Hamyurtimiz O'ktam Bozorov musobaqada hakam sifatida ishlaydi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
O’xshash yangiliklar
19:08
Voleybol: Serbiyalik mutaxassis O'zbekiston U19 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi 0
Fikrlar