17 iyu 08:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Bokschilarimiz Osiyo chempionatining barcha yosh toifalarida birinchi bo'lishdi
Indoneziyada boks bo'yicha U19 va U23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati nihoyasiga etdi.
U23 yosh toifasidagi final janglarida ham yurtdoshlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, peshqadamlikni saqlab qolishdi. Mazkur yosh toifasidagi yigitlarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg'arib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.
Oltin medal:
-65 kg: Ilhomjon Ergashev
-70 kg: Abdulloh Madaminov
-80 kg: Fazliddin Erkinboev
+90 kg: Ozodbek Aliev.
Kumush medal:
-85 kg: Norbek Abdullaev
-90 kg: Samir Sobirov.
Bronza medal:
-55 kg: Faryozbek Do'smatov
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov
-75 kg: Abdulaziz Abdulhamidov.
SHu tariqa, mazkur qita birinchiligida yosh bokschilarimiz barcha yo'nalishlarda umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

Havola :
Manba : МОҚ матбуот хизмати
Fikrlar