27 fev 15:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimiz Ukrainadagi xalqaro turnirda 6 ta medal qo'lga kiritishdi
Ukrainaning Krivoy Rog shahrida O.A.Asaulenka xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir yakunlandi.
Ushbu musobaqada mezbonlardan tashqari, O'zbekiston, Qozog'iston, Moldova va Iordaniya kabi mamlakatlardan ham charm qo'lqop ustalari ishtirok etishdi.
Bugun musobaqaning final janglar tashkil etildi. Unda Abdumalik Xalakov (-57 kg) va Saidjamshid Jafarov (-75 kg) kabi bokschilarimiz g'alaba qozonib, oltin medalga ega chiqishdi. Sodirbek Kamolmirzaev (-52 kg) esa kumush medal bilan yurtimizga qaytadigan bo'ldi. SHuningdek, Jahongir Rahmonov (-69 kg), Jamshid Xudoyberganov va SHohjahon Abdullaev (+91 kg) bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
SHu tariqa bokschilarimiz ushbu musobaqada 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar