10 may 11:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimiz World Boxing kubogi uchun jo'nab ketishdi, tarkibda Olimpiada chempioni bor!
10-17 may kunlari Polshaning Varshava shahri World Boxing tashkiloti kubogining ikkinchi bosqichiga mezbonlik qiladi.
Ushbu musobaqada ishtirok etadigan terma jamoamiz bokschilari Polshaga jo'nab ketishdi deb xabar bermoqda mamlakat boks federaciyasi matbuot xizmati. Tarkibdan Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev, jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov singari bokschilarimiz joy olgan.
Tarkibimiz bilan tanishing:
-55 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
-60 kg: Samandar Olimov
-65 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev
-70 kg: Gofur Tohirov
-75 kg: Fazliddin Erkinboev
-80 kg: Javohir Ummataliev
-85 kg: Akmaljon Isroilov
+92 kg: Jahongir Zokirov
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova
Havola :
Fikrlar