11 may 21:57
Yangiliklar
Boltaboevning oltini bizni Astana Barysy Grand Slam`da nechanchi o'ringa olib chiqdi? (FOTOGALEREYA+JADVAL)
Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil qiluvchi Barysy Grand Slam 2024 musobaqasida dunyoning 5 qitasi 87 davlatidan jami 455 nafar (238 erkak, 217 ayol) dzyudochi ishtirok etmoqda. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasi azolari ham bor.
Bugun o'rta vazn toifasida bellashuvlar tashkil etildi va unda 5 nafar dzyudochimiz medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli ochkolar uchun tatamiga chiqishdi. Ulardan birgina SHarofiddin Boltaboev shohsupaga ko'tarildi. -81 kg vazndagi dzyudochimiz finalda germaniyalik Timo Kaveliusni vazari bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Qoraqalpog'istonlik dzyudochimiz oltin medal bilan birga Olimpiada yo'lidagi qimmatli 1000 reyting ochkosini ham qo'lga kiritdi.
Bugungi kun qahramoni finalga qadar germaniyalik Dominik Rassel, sloveniyalik Gerkovich, neytral bayroq ostida kurashgan asli rossiyalik Olimpiada chempioni Hasan Xalmurzaev hamda yaponiyalik Satoro Fujivarani mag'lubiyatga uchratgandi. SHarofiddinning oltin medali evaziga O'zbekiston terma jamoasi 87 davlat orasida 4-o'ringa ko'tarilib oldi.
Fikrlar