22 may 12:16
Yangiliklar
BOOM. Julianna Penya - Amanda Nunes revansh jangi tasdiqlandi
UFC promousheni rahbariyati ayollar ligasi engil vazn toifasida amaldagi chempion Julianna Penya hamda ushbu kamarning sobiq sohibi Amanda Nunes revansh jangini rasman elon qildi.
UFC 277 turniri 30 iyul kuni AQSHning Texas shtati Dallas shahrida bo'lib o'tadi. Bu haqida bugun Las-Vegas shahrida o'tgan UFC Fight Night 206 turnirida malumot berildi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning dekabr oyida Julianna Penya shov-shuvli tarzda Amanda Nunesni ikkinchi raundda bo'g'ish usuli evaziga mag'lubiyatga uchratgan edi.
UFC 277 turnirining Co-main event jangi ham rasman tasdiqlandi. Unda eng engil vazn toifasida Brendon Moreno va Kay Kara-Frans o'zaro vaqtinchalik UFC kamari uchun oktagonga ko'tarilishadi.
Oqshomning asosiy kardida rossiyalik og'ir vazn toifasi vakili Sergey Pavlovich Derrik Lyuisga, Magomed Ankalaev esa yarim og'ir vaznda Entoni Smitga qarshi jang o'tkazadi.
Fikrlar