So’nggi yangiliklar

20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0

14 avg 08:32
Yangiliklar

Boks/MMA

Borralo tayyor: "Dyu Plessi yoki CHimaev jarohat olishi mumkin"

O'rta vazndagi chempionlik jangining zaxira ishtirokchisi Kayo Borralo chempionlik jangi ishtirokchilaridan biri Drikus Dyu Plessi yoki Xamzat CHimaev oktagongacha etib bora olmasligi sababli juma kuni aynan o'zi taroziga chiqishiga ishonmoqda.

Braziliyalikning so'zlariga ko'ra, u sug'urta qilayotgan jangchilardan birida allaqachon muammolar paydo bo'lgan, bu esa CHikagodagi UFC 319 turnirining asosiy voqeasini xavf ostiga qo'yadi.

"Ular kim jarohat olishi mumkinligini aytishmadi. Xamzatmi yoki Drikus, muammo nimada ekanligi aniq emas, lekin shunday bo'ladigan ko'rinadi. CHunki ilgari zaxira bo'lmaydi deyishgandi va birdan kerak bo'lib qoldi. Demak, nimadir bo'lyapti, lekin aniq nimaligini bilmayman.

Mantiqan olib qaraganda, CHimaevning safdan chiqish ehtimoli yuqoriroq. Sababi, u buni bir necha bor amalga oshirgan. Biz bilamizki, u aqldan ozgan odam kabi mashq qiladi va shu sababli tez-tez jarohat oladi. Lekin yaqinda uning soppa-sog'ligini, jiddiy shikastlanmaganini eshitdim. Drikusning ishlari qanday ketayotganini bilmayman - u ijtimoiy tarmoqlarda deyarli hech narsa yozmaydi", - dedi Borralo.

Agar jarohat haqidagi malumot tasdiqlanmasa, Borralo CHimaevda vazn poygasi bilan bog'liq muammolar yuzaga kelishi mumkinligini istisno qilmayapti.

"CHimaevda meni havotirga solayotgan narsa - uning vazni. Men uning suratini ko'rdim va u gavda jihatidan juda katta ko'rindi. Bilamizki, u limitni bajarishga qiynalmoqda. Nima bo'lganda ham, mehmonxonadan arenaga etib kelgunimcha tayyor turaman. Ungacha bor etiborimni jangga qarataman," - deya so'zlariga yakun yasadi Mahmud Muradovning sobiq raqibi Kayo.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing