So’nggi yangiliklar

10:45Даниэль Дюбуа Жозеф Паркерга қарши WBO камарини ҳимоя қилиши мумкин 0 10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0

24 jan 08:38
Yangiliklar

Karate

Bosh prokuratura Nafasovning jinoiy ishi yuzasidan bayonot berdi

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mamlakat karate milliy federaciyasining qator mansabdor shaxslariga nisbatan qo'zg'atilgan jinoyat ishi yuzasidan munosabat bildirdi.

23.01.2019 yilda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining rasmiy saytida «Nurxon Nafasovning kirdikorlari fosh bo'ldi» nomli xabar chop etildi.

Mazkur xabar bo'yicha Bosh prokuratura matbuot xizmati shuni qatiyan malum qiladiki, qo'zg'atilgan jinoyat ishlari va olib borilayotgan tergov harakatlari yuzasidan rasmiy malumotlar faqatgina bu borada mutasaddi tergov va nazorat qiluvchi organlar tomonidan beriladi.

SHuningdek, takidlash zarurki, dastlabki tergovning holatlari va unga jalb qilingan shaxslar haqida keng jamoatchilikka turli talqindagi xabarlarni tarqatish O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasining 26-moddasida belgilangan aybsizlik prezumpciyasi qoidalariga zid va bunday holatlar o'zgalarning shani va qadr-qimmatiga putur etkazishi mumkin.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining rasmiy saytida elon qilingan holat bo'yicha Bosh prokuratura matbuot xizmati quyidagilarni rasman malum qiladi.

Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O'zbekiston karate milliy Federaciyasining qator mansabdor shaxslariga nisbatan qo'zg'atilgan jinoyat ishi bo'yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan aniqlangan holatlar bo'yicha biror-bir shaxs, xususan N.Nafasov gumonlanuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing