22 avg 16:32
Yangiliklar
Botir Ahmedov: Bizning kun emas ekan
Super engil vazn toifasida vakant qolgan WBA chempionlik kamari uchun dominikanlik Alberto Puelloga qarshi ringga chiqib, qo'li yuqoriga ko'tarilmagan Botir Ahmedov Instagramda post qoldirdi.
«G'alaba va mag'lubiyat Qudratli Zotdan!
Bugun bu afsonaviy odam mening ismimni aytmadi!
Biz yana kuchliroq qaytib, maqsadimizga erishamiz, agar Xudoning irodasi shunday bo'lsa! Jangdan oldin qo'llab-quvvatlaganlar hamda jangdan so'ng iliq tilak bildirganlarga rahmat aytmoqchiman. Bu men uchun juda ko'p narsani anglatadi, hammaga rahmat! Jamoamga hammasi uchun rahmat aytaman. Bugun bizning kun emas ekan, lekin biz hali ham o'z so'zimizni aytishimizga ishonaman», - deya tegishli suratni ilova qildi, Ahmedov.
Fikrlar