17 iyu 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Brayan Ortega uzr so'radi va Rodrigesni revanshga chorladi
Amerikalik UFC jangchisi Brayan Ortega Yair Rodrigesga qarshi jangdagi mag'lubiyatdan so'ng fikrlarini bildirdi.
"Kelganlarning barchasidan uzr so'rayman. Bu qanday bo'lganini bilmayman ham. Davom etishni istagandim, lekin elkam chiqib ketdi. Bungacha elkamdan ikki marta operaciya qildirganman. Endi uchinchisi ham kerak shekilli. Jang yaxshi ketayotgandi, reja qilingan barchasi amalga oshgandi.
Yair, seni tabriklayman, ammo sen kamar uchun jang qilmasang, kel barchasini keragidek qilamiz. Ikkimiz kerakligicha yondoshdik, ahir biz shu uchun tayyorlangandik", - dedi Ortega.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar