28 iyu 12:43
Yangiliklar
Tennis, Tokio-2020
Braziliyaliklarning fikricha “Rio-2016” o'yinlarining mashalasini Pele emas, Gustavo Kuerten yoqishi kerak
Braziliyaning “GloboEsporte” portali 2016 yilgi Olimpiada o'yinlarining ochilish tantanalarida mashalani kim yoqishi kerakligi bo'yicha so'rov o'tkazdi.
Ushbu surovnomada ishtirok etgan 80.000
nafarga yaqin odamlarning 38,69 foizi tennis bo'yicha uch karra “Rolan
Garros” turniri g'olibi Gustavo Kuertenga ovoz berdi.
Ovoz berish yakunlariga ko'ra ikkinchi o'rinni braziliyalik sportchilar orasida elkanli sport bo'yicha eng ko'p Olimpiya medallariga sazovor bo'lgan Robert SHeydt (15,51%) band etgan bo'lsa, uchinchi o'rin braziliyalik marafonchi Vanderley Kordeyru di Limaga (12,15%) nasib etdi. Futbol qiroli Pele 11,16% ovoz to'pladi. Braziliya terma jamoasining sardori Neymar esa 1,66% foiz ovoz bilan o'ninchi bo'ldi.
Havola :
Fikrlar