So’nggi yangiliklar

12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0

04 noy 11:13
Yangiliklar

Boks/MMA

Breaking! Jeyk Pol - Jervonta Devis jangi bekor qilindi

Amerikalik taniqli bloger va bokschi Jeyk Pol hamda engil vaznda jahon chempioni Jervonta Devis o'rtasidagi 14 noyabr kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan jang rasman bekor qilindi.

Bu haqda Jeyk Polning Most Valuable Promotions promouterlik kompaniyasi hamda Turki Al Ash-SHeyxga tegishli dunyoga mashhur The Ring nashri xabar berdi. Xabarda Jeyk Pol ishtirokidagi boshqa jangning yil oxirigacha Netflix platformasida o'tkazilishi aytilmoqda.

"Jamoamiz vaziyatni masuliyat ila hal qilish uchun barcha ishtirokchilar bilan yaqindan ishladi, - dedi Most Valuable Promotions direktori Nakisa Bidaryan. - Biz bu shouni 14 noyabrda o'tkazmaymiz, lekin rejalarimizda 2025 yilning o'zida Netflix’da Jeyk Pol ishtirokidagi boks oqshomini o'tkazish bor". 

"Yangi sana, arena, Jeykning raqibi va anderkard janglari haqidagi malumotlar kelishuvga erishilgach elon qilinadi", - deya qo'shimcha qildi Bidaryan.

O'tgan haftada Jervonta Devis Kortni Rosselning sobiq dugonasi unga nisbatan o'g'irlash, zo'rlik bilan ozodlikdan mahrum qilish, kaltaklash va ruhiy azob berishda ayblanib, fuqarolik davosini qo'zg'atdi. Bu Devisning sobiq dugonalari tomonidan zo'ravonlik bo'yicha birinchi ayblov emas. Bundan tashqari, bokschi o'tgan yili jabrlanganlar bilan yo'l-transport hodisasi sodir etgani uchun sudlangan va hozirda sinov muddatini o'tamoqda.

Jeyk Pol va Jervonta Devis o'rtasidagi ko'rgazmali jang 14 noyabr kuni Floridada Netflix striming plaftormasida namoyish etilishi rejalashtirilgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing