So’nggi yangiliklar

15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0

19 okt 08:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Brendan Allen bugungi g'alabasidan keyin CHimaev va Dyu Plessiga "vyzov" tashladi

Amerikalik 29 yoshli Brendan Allen biroz avval Vankuverda yakuniga etgan UFC turnirining asosiy jangida reytingning to'rtinchi pog'onasida borayotgan Rene de Ridderni texnik nokaut evaziga mag'lub etdi.

Reytingda to'qqizinchi o'rinni egallab turgan Allen bugungi ishonchli g'alabasidan so'ng, o'rta vazn toifasida UFC chempioni Xamzat CHimaev yoki ushbu vaznning sobiq chempioni Drikus Dyu Plessi bilan jang qilishga tayyorligini aytdi.

Ridder bugungi jangga UFC’dagi to'rtta jangdan iborat g'alabali seriya bilan chiqqandi. Aynan u chempionlik kamari uchun asosiy davogar sifatida etirof etilayotgandi. Ammo Allen ikkinchi raundda tashabbusni o'z qo'liga oldi va g'alabani o'z tomoniga og'dirdi. Niderlandiyalik 35 yoshli Ridder so'nggi beshinchi raundga chiqmadi. 

"Uch yarim haftalik mashg'ulot, buni divandan turib qildim, - dedi Ridderga qarshi jangdan bosh tortgan Entoni Ernandesning o'rnini egallagan Allen. - Uch yarim hafta... Boshqalardan farq qilishimni aytgandim. Xotirjam bo'lsam va etiborimni to'liq jangga qaratsam, men dunyodagi eng yaxshisiman". 

"CHimaev, sen yaxshi grepplerni raqib sifatida ko'rmoqchimisan? Yosh va och jangchini xohlaysanmi? Kel va urinib ko'r, - dedi Allen avgust oyida chempionlikni qo'lga kiritgan va tez orada birinchi chempionlik himoyasini o'tkazadigan CHimaevga. - Bo'lmasa, Drikus, sen qaerdasan? Sen bilan ham jang qilmoqchiman".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing