02 avg 10:13
Yangiliklar
"Brentford" klub tarixidagi rekord xaridni elon qildi
Angliya klubi "Lans" va Mali terma jamoasi markaziy yarim himoyachisi Mamadu Sangarening transferini hamda futbolchi bilan yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bo'lgan besh yillik shartnoma imzolanganini elon qildi.
"Sky Sports" malumotlariga ko'ra, "Brentford" Sangare uchun 39 million funt to'lagan. Klubning avvalgi transfer rekordi bir yil oldin o'rnatilgan edi — "Bornmut" vingeri Dango Uattara uchun 37 million funt to'langan edi.
Sangare 2025 yildan beri "Lans" safida to'p surib kelayotgan edi. Yakunlangan mavsumda u klub bilan Franciya Kubogini qo'lga kiritdi va Liga 1da ikkinchi o'rinni egalladi. Uning hisobida "Lans" safida barcha musobaqalarda o'tkazilgan 39 ta o'yinda 3 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.

Fikrlar