28 sen 13:39
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bu adolatdan emas". Korme - Topuriyani Makgregor bilan solishtirishlari haqida
UFC sobiq chempioni Daniel Korme Iliya Topuriyani Konor Makgregor bilan solishtirishlari haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, boshqalarni Konor Makgregor bilan solishtirish adolatsiz. Hech kim hech qachon u darajada mashhur bo'lmaydi. Agar Iliyani Konor bilan taqqoslash mumkin bo'lgan nuqta bo'lsa, u ham atrofidagi shov-shuvni oqladi — xuddi Konor kabi. Lekin Topuriya Makgregordek yulduz bo'ladimi-yo'qmi, bilmayman. Ammo u UFC’ga kelganidan beri unga qo'yilgan barcha talab va umidlarni oqladi", — dedi Korme Sportskeeda saytiga.
Havola :
Manba : MMA Crazy
Fikrlar