21 apr 13:02
Yangiliklar

Budapeshtdagi boks oqshomida yana bir hamyurtimiz jang qiladi
Musobaqa doirasida yana bir hamyurtimiz ringga ko'tarilishi aniq bo'ldi.
Ikkinchi eng engil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan charm-qo'lqop ustasi Muhammad SHexov mazkur turnirda Venesuela vakili Orlando Morales bilan bahs olib boradi.
Bellashuv 8 raund etib belgilangan.
32 yashar Muhammad SHexov faoliyati davomida hozirga qadar 16 ta jang o'tkazib, 15 ta g'alaba va 1 ta durang qayd etgan. U ohirgi jangini o'tgan yilning dekabr oyida xitoylik Zong Liuga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan va vakant bo'lib turgan IBF Intercontinental kamarini qo'lga kiritgandi. Hamyurtimiz hozirda WBO reytingida 5-o'rinni egallab turibdi.
Uning bo'lajak raqibi, 20 yoshli Orlando Morales hisobida esa 13 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat mavjud.
Avvalroq, mazkur musobaqada SHohjahon Abdullaev va Komronbek Turg'unboev ham ringga ko'tarilishi haqida xabar bergan edik.
Fikrlar