31 mar 06:32
Yangiliklar
Bugun Antaliya "Katta Dubulg'a" turnirida 6 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib boryapti. Kecha -73 kg vazndagi dzyudochimiz SHahram Ahadov terma jamoamizga hozircha yagona bo'lib turgan bronza medalini taqdim etdi.
Bugun og'ir vazn toifasidagi bellashuvlarda 6 nafar vakilimiz bahslarga kirishadi. Ular orasida Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori, jahon chempioni Davlat Bobonov ham bor. U musobaqadagi ishtirokini ikkinchi davradan boshlaydi. Bobonovga Avstriya yoki Koreya Respublikasi dzyudochisi raqiblik qiladi.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva - Antonina SHmeleva (Neytral sportchi).
+78 kg: Rinata Ilmatova - Madina Paragulgova (Qozog'iston).
-90 kg: Davlat Bobonov - Sungxo Li (Koreya Respublikasi)/Tomas SHarfetter (Avstriya)
-100 kg: Rustam SHorahmatov - Isak Bezzina (Malta).
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev - Fransisko Balanta (Kolumbiya)
+100 kg: SHohruhxon Baxtiyorov - Movli Borchashvilli (Avstriya).
Fikrlar