01 sen 08:11
Yangiliklar

Bugun Murodjon Ahmadaliev ochiq mashg'ulot o'tkazadi
Xabaringiz bor, 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida birinchi yarim engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev hamda mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue o'rtasida chempionlik jangi bo'lib o'tadi. Bugundan ushbu chempionlik jangiga bag'ishlangan rasmiy tadbirlar boshlanadi.
Bugun Yokogama shahridagi Ohashi Boxing Gym zalida Murodjon Ahmadalievning ochiq mashg'uloti o'tkaziladi. Aynan ushbu zalda Naoya Inoue ko'p yillardan buyon shug'ullanib keladi va u aynan shu shaharda professional ringdagi sakkizinchi jangida jahon chempioni bo'lgan.
Hozirda Inoue birinchi yarim engil vazn toifasi The Ring reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Ahmadaliev - Inoue jangi Nagoya shahridagi 17 000 tomoshabinga mo'ljallangan arenada bo'lib o'tadi. Ushbu boks oqshomiga chiptalar sotuv boshlanganidan 10 daqiqa o'tib sotib bo'lingandi.
Fikrlar