27 dek 14:30
Yangiliklar
Bugun Novak Jokovich Avstraliyaga etib boradi
Bu haqda Tennis Australia rahbari Kreyg Tili malum qildi.
Tili shu yil boshida mamlakatdan chiqarib yuborilgan serbiyalik tennischini mahalliy jamoatchilik qanday kutib olishi haqida ham gapirdi.
"Men Avstraliya jamoatchiligiga ishonaman. Bizda juda yaxshi tarbiyalangan tomoshabinlar bor - ayniqsa tennisga tashrif buyuruvchilar. Ular bizning tennisimizni yaxshi ko'rishadi, buyuk o'yinchilarni, atletikani, ajoyib o'yinlarni tomosha qilishdan zavqlanishadi.
Ishonchim komilki, muxlislar biz kutgandek munosabatda bo'lishadi va bunga hurmat bilan munosabatda bo'lishadi", - deya Tilining so'zlaridan iqtibos keltiradi The Age nashri.
Malumot uchun, Jokovich kelasi hafta start oladigan Adelaidadagi turnirda yakkalik va juftlik bahslarida ishtirok etadi. Juftlikda uning sherigi Vashek Pospishil bo'ladi.
Fikrlar