10 sen 14:17
Yangiliklar
Futbol
Bugun Olimpiya terma jamoamiz Xitoyga qarshi bahs olib boradi
Bugun O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Xitoydagi yig'in davomidagi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
Ravshan Haydarov shogirdlari Xitoyga qarshi maydonga tushadi. Osiyo o'yinlari oldidan so'nggi tayyorgarlik bahsi yopiq eshiklar ortida o'tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da start oladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 terma jamoamiz Osiyo o'yinlarining "C" guruhidan o'rin olgan bo'lib, Filippin, Kuvayt va Vetnamga qarshi bahs olib boradi. Turnirdagi ilk uchrashuv 15 sentyabr kuni Filippinga qarshi bo'lib o'tadi.

Havola :
Fikrlar